Xamas yetakchisining o‘limidan keyin Eron Isroilga “qasos” bilan tahdid qilmoqda
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (INQK) Xamas yetakchisi Ismoil Xoniyaning o‘ldirilishi javobsiz qolmasligini bildirdi.
INQK bayonotida aytilishicha, Isroil “kuchli va keng ko‘lamli qarshilik frontidan, aayniqsa, islomiy Erondan shafqatsiz va og‘riqli javobni” oladi.
Mamlakat oliy rahnamosi Ali Xumayni Isroilga Xoniyaning o‘limi uchun “shafqatsiz qasos” olishni va’da berdi.
Xamas yetakchisi 31-iyul kuni erta tongda Eronning yangi prezidenti inauguratsiyasida ishtirok etish uchun kelgan Tehronda halok bo‘ldi.
Ulashish:
Sharhlar