Jo Baydenning o‘g‘li ruminiyalik oligarxdan pora olganlikda ayblandi
AQSHda maxsus prokuror Devid Vays ofisi prezident Jo Baydenning o‘g‘li Xanter va uning biznes sheriklarini Amerika davlat idoralariga ta’sir o‘tkazishni va’da qilib, ruminiyalik oligarxdan 3 million dollar olganlikda aybladi. Bu haqda ABC News’ga tayanib DW xabar bermoqda.
Maxsus prokuratura sudga taqdim etgan hujjatlarga ko‘ra, ruminiyalik biznesmen Gabriel Popovichiu Xanter Baydenni 2015-yilda yuridik topshiriqlarni bajarish uchun yollagan. Shundan keyin oligarx o‘z vatanida korrupsiyada ayblangan.
Sud eshituvlarida AQSH prezidentining o‘g‘li Ruminiyada Popovichiuga e’lon qilingan ayblovlarni surishtirishi uchun Amerika hukumatiga ta’sir o‘tkazishni va’da qilib undan pul olganini tasdiqlovchi dalillar taqdim etiladi.
Avvalroq Xanter Bayden 2016—2020-yillarda jami 1,4 million dollar soliqlarni to‘lamaganlikda ayblangan edi. Oxir-oqibat, u ushbu summani jarimalari bilan birga to‘lab bergan.
Sharhlar