Xarkovdagi turar-joy binosiga uyushtirilgan zarba natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

фото: bbc.com

Xarkov oblasti maʼmuriyati rahbari Oleg Sinegubovning maʼlum qilishicha, qutqaruvchilar Xarkovdagi turar-joy binosi vayronalari ostidan yana bir jabrlanuvchining jasadini olib chiqqan. U taxminan 30-35 yoshlarda edi.

Rasmiylar avvalroq bomba portlashi oqibatida 12 yoshli bola halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Kamida 36 kishi jarohat olgan.

Vayronalar ostida 15 yoshli o‘smir ham bo‘lishi mumkin: rasmiylar u bilan bog‘lanmaganini ma’lum qilishdi. Bolaning xolasining aytishicha, uning jiyani “hamma narsa parchalanib ketgan xonada” edi.

Ukraina maʼlumotlariga koʻra, rus qoʻshinlari turar-joy binosiga 500 kg ogʻirlikdagi boshqariladigan havo bombasi bilan zarba bergan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.