Kamala Xarris prezident sayloviga nomzodini qo‘yish uchun yetarlicha ovoz to‘plagan — OAV
AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzodini qo‘yish uchun demokratlarning yetarlicha ovoziga ega. Bu haqda Associated Press o‘tkazgan so‘rov guvohlik bermoqda. Reuters’ning kampaniyadagi manbasi zarur darajada ovoz yig‘ilganini tasdiqladi.
O‘z nomzodini qo‘yishi uchun Xarrisga 1976 nafar delegatning ovozi kerak. AP’ning yangilanib turgan so‘rovi natijalariga ko‘ra, unga 2538 nafar delegat ovoz berishga tayyor. Respondentlardan hech biri boshqa nomzodni tilga olmagan. Agentlik Xarrisni ehtimoliy nomzod deb atamasligini qayd etgan, chunki so‘rov rasmiy emas va delegatlar qurultoy chog‘ida taklif etilgan har qanday nomzodni tanlashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 21-iyul kuni Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqishini e’lon qildi va Demokratik partiyadan ilgari surish uchun vitse-prezident Kamala Xarris nomzodini taklif etdi. Ilk 24 soat ichida uning kampaniyasi rekord miqdordagi 81 million dollar xayriyani to‘pladi.
Sharhlar