Welt: Yevroittifoq Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini kelishib oldi
Yevropa ittifoqining 27 mamlakati elchilari Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini ta’riflovchi maxfiy loyihani kelishib oldi. Bu haqda Welt gazetasi hujjatga tayanib xabar berdi. Hujjat matniga ko‘ra, Yevroittifoq Ukraina qarshi tajovuz yuz bergan taqdirda, unga bir sutka ichida konsultatsiyalar taqdim etish majburiyatini oladi, Yevroittifoq askarlarining nizodagi bevosita ishtiroki istisno qilinadi.
Hujjatda Ukrainaga yordam fondi miqdori 2024-yilda 5 milliard yevroga yetishi ko‘zda tutilgan, kelajakda u Ukraina armiyasi ehtiyojlaridan va Yevroittifoq mamlakatlari imkoniyatlaridan kelib chiqib kengaytirilishi mumkin. Bundan tashqari, Wel yozishicha, Bryussel qurol-yarog‘ yetkazib berish, askarlarni o‘qitish, Ukraina xavfsizlik sektorini isloh qilishda va gibrid tahdidlarga qarshi turishda yordamni va’da qilmoqda. Gazeta aniqlik kiritishicha, ayni paytda Bryussel Kiyev bilan 11 sahifali shartnoma shartlarini muhokama qilmoqda, kafolatlar iyul boshigacha taqdim etilishi rejalashtirilmoqda. Ular Ukraina Yevroittifoq va NATOga qo‘shilguniga qadar amal qilishi kutilmoqda.
Welt qayd etishicha, hozircha Yevroittifoqning faqat yetti mamlakati Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishga rozi bo‘lgan, bular Germaniya, Daniya, Fransiya, Italiya, Finlyandiya, Niderlandiya va Latviya, bundan tashqari, Buyuk Britaniya. Shuningdek, yana sakkizta mamlakat bitimni imzolashdan bosh tortgan bo‘lib, bular — Slovakiya, Vengriya, Xorvatiya, Bolgariya, Kipr, Irlandiya, Avstriya va Malta.
Sharhlar