AQSHda politsiya respublikachilar qurultoyi yaqinida shubhali erkakni otib tashladi
AQSH shimolidagi Miluoki shahrida Respublikachilar partiyasining milliy qurultoyi bo‘lib o‘tayotgan joydan uch kilometr uzoqlikda politsiya shubhali shaxsni otib tashladi, deb yozadi Associated Press. Marhum uysiz odam bo‘lib chiqqan.
Miluoki meri Kavaler Jonson otishma shaharda Respublikachilar partiyasi qurultoyi o‘tkazilayotgani bilan bog‘liq emasligini ta’kidladi.
Voqea guvohlaridan biri aytib berishicha, uysiz odam bipolyar buzilish xastaligidan azob chekkan, u politsiyachilarga yaqin kelib, qo‘ynidan pichoq chiqargan, ular esa o‘z uzishni boshlagan.
Miluokida xavfsizlik choralari Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampga nisbatan suiqasddan keyin kuchaytirildi. Unga qarata otilgan o‘q qulog‘iga tegib o‘tdi. Miting ishtirokchilaridan biri halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi. O‘t ochgan shaxs — 20 yoshli Tomas Mettyu Kruks voqea joyida Maxfiy xizmat agentlari tomonidan otib tashlandi.
Sharhlar