Xitoy elchisi Germaniya tashqi ishlar vazirligiga kiberhujum munosabati bilan chaqirildi
Germaniya tashqi ishlar vazirligi 2021-yilda Federal kartografiya va geodeziya idorasiga (BKG) qilingan kiberhujum munosabati bilan Xitoy elchisini chaqirtirdi.
Ayg‘oqchilikni maqsad qilgan hujum Xitoy davlat idoralari tomonidan uyushtirilgan, dedi Germaniya tashqi ishlar vazirligi vakili. Germaniya hukumati voqeani keskin qoraladi va Xitoyni kelajakda shunga o‘xshash harakatlardan tiyilishga chaqirdi.
Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Feser hujumni jiddiy deb atadi va Xitoydan bu kabi harakatlar yana sodir bo’lish ehtimoli borligini ta’kidladi. Hujum vaqtida hujumchilar o‘z harakatlarini yashirish uchun shaxslar va kompaniyalar qurilmalaridan foydalangan.
Hujum aniqlangach, xavfsizlik choralari kuchaytirildi va hujumlar to’xtatildi. Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Xitoy elchisini oxirgi marta 1989-yilda Tyananmen maydonidagi namoyishlar bostirilganidan keyin chaqirgan edi.
Sharhlar