Xitoy halokatli “Yagi” to‘foni ostida qoldi
Xitoyning janubiy qismi halokatli “Yagi” to‘foni ostida qoldi, deya xabar beradi mahalliy OAV.
To‘fon Guandun va Xaynan provinsiyalarida kuzatilgan, ushbu hududlarda shamol tezligi soatiga 230 kilometrga yetgan. Ikki kishi halok bo‘lgan, milliondan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Xabar qilinishicha, yuzlab uylar, elektr uzatish liniyalari shikastlangan. Barcha maktablar yopilgan, transport aloqalari uzilgan, aviareyslar bekor qilingan.
Qutqaruv xizmatlari tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ustida ishlamoqda. Meteorologiya byurosi to‘fonga beshta imkonli darajaning eng yuqori jadallik darajasini bergan va uni super to‘fon va so‘nggi 10 yil ichidagi eng kuchli dovul deb atashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu haftada “Yagi” Filippin orqali ham o‘tgan. Tabiiy ofat kuchayishi oqibatida u yerda 14 kishi halok bo‘lgan.
Sharhlar