Xitoy koinotga kosmik kemasini uchirdi
Xitoy Szyutsyuan kosmodromidan boshqariladigan “Shenchjou-19” kosmik kemasini uchirdi.
“Shenchjou-19” uchta taykonavt bilan stansiyada 2025-yil aprel oyi oxiri yoki may oyining boshigacha qoladi.
Orbitada “Shenchjou-19” ekipaji “Tyanchjou-8” yuk kosmik kemasining stansiyaga tutashuvini kuzatadi va “Shenchjou-20” boshqariladigan kosmik kemasi ekipajini kutib oladi.
Ekipaj 4-noyabr kuni Yerga qaytadi.
Ma’lumot uchun, Xitoy kosmik fanni rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli Milliy dasturni taklif qilgan. Unda mamlakatning 2024-2050-yillarga mo‘ljallangan koinotga parvozi va tadqiqot rejasi aniqlanadi.
Ulashish:
Sharhlar