SXTTI: Xitoy o’zining yadroviy arsenalini boshqa mamlakatlarga qaraganda tezroq kengaytirmoqda
Stokgolm Xalqaro Tinchlik Tadqiqot Instituti (SXTTI) hisobotida aytilishicha, o‘tgan yil davomida barcha to‘qqizta yadroviy qurolga ega davlat – AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Shimoliy Koreya va Isroil modernizatsiya qilishda davom etgan. Qayd etilishicha, ularning bir nechtasi yangi yadro quroli yoki yadro zaryadini olib yurishga qodir tizimlarni joylashtirgan.
Xitoy esa yadroviy kuchlarini sezilarli darajada 2023-yil yanvaridagi 410 ta kallakdan 2024-yil yanvarigacha 500 ta kallakgacha oshirgan. Tahlilchilar Xitoy arsenali o’sishda davom etishini taxmin qilmoqda.
Hisobot shuni ko’rsatadiki, 2024-yil boshida mamlakatlar jami 12 121 ta yadro kallaklariga ega bo’lib, ulardan 9 585 tasi zaxirada bo’lib, potentsial foydalanishga yaroqli edi.
SXTTI taʼkidlashicha, yadroviy qurollarni nazorat qilish diplomatiyasi 2023-yilda “bundan ham jiddiy muvaffaqiyatsizlikka uchragan”. Xususan, Rossiya Strategik qurollar bo‘yicha shartnomadagi ishtirokini to‘xtatayotganini e’lon qilgan.
Sharhlar