Xitoy Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berayotganini rad etdi
Xitoy Ukrainadagi nizo tomonlaridan hech biriga qurol-yarog‘ yetkazib bergani yo‘q. Bu haqda Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi rasmiy vakili Lyu Penyuy avvalroq Reuters nashri Xitoy, go‘yoki Rossiyaga harbiy qudratni oshirishda yordam berayotgani haqida tarqatgan ma’lumotlar yuzasidan izoh sifatida aytib o‘tgan, deb yozadi “RBK”.
“Xitoy Ukrainadagi nizo uchun qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi ham, ushbu nizo ishtirokchisi ham emas. Biz siyosiy tartibga solishga yordam berishda konstruktiv rol o‘ynayapmiz. Xitoy tomonlardan hech biriga qurol yatkazib berayotgani yo‘q”, — dedi Xitoy diplomatik missiyasi vakili.
Avvalroq Reuters amerikalik yuqori mansabdi amaldorlar bergan ma’lumotlarga tayanib, Xitoy Moskvaga uchuvchisiz va raketa texnologiyalari, sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlar hamda qurol ishlab chiqarish uchun stanoklar taqdim etish orqali, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlayotgani haqida xabar bergandi.
Sharhlar