Xitoy Tayvan yonida keng ko‘lamli harbiy mashqlarni o‘tkazdi

Фото: China Photos / Getty Images

Xitoy Xalq ozodlik armiyasi orolning mustaqillikka intilishini cheklash uchun Tayvan atrofida “Qo‘shma qilich – 2024B” mashqlarini boshladi. Guancha nashri Sharqiy hudud jangovar qo‘mondonligining rasmiy vakili, katta polkovnik Li Sining bu boradagi so‘zlarini keltirgan.

Lining so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar “dengiz va havo patrullari, jangovar tayyorgarlikni sinovdan o‘tkazish, asosiy portlar va hududlarni blokirovka qilishga qaratilgan”. Mashg‘ulotlar Tayvan mustaqilligiga erishmoqchi bo‘lgan “separatistik kuchlar”ga qarshi “kuchli” to‘siq bo‘lishga mo‘ljallangan, deydi polkovnik.

Mashqlarni o‘tkazishdan maqsad ham qo‘shinlarning jangovar qobiliyatini sinovdan o‘tkazishdir, deydi Li Si. Mashg‘ulotlarda Xitoyning dengiz floti, havo kuchlari, raketa kuchlari va boshqa harbiy kuchlari ishtirok etmoqda. Guancha  nashrining yozishicha, mashg‘ulotlar Tayvanning butun hududi atrofida bo‘lib o‘tmoqda, xususan, orol g‘arbidagi Tayvan ko‘rfazida, uning sharqiy, janubiy va shimoliy qismlarida.

Tayvan tomoni harbiy mashqlarni “provokatsiya” deb atadi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.