Xitoy va Markaziy Osiyo sanoatlashtirishni birgalikda amalga oshirish haqida kelishib olishdi
Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi konferentsiyada ishtirokchilar qator kelishuvlarni imzoladilar hamda mintaqa va XXR yetakchilarining avvalgi sammiti qarorlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar. 2025-yilda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammitga ham tayyorgarlik boshlandi.
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I tomonlar yangi sanoatlashtirish, sun’iy intellekt, qayta tiklanadigan energiya, aviatsiya, aerokosmik va innovatsion qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olishganini bildirdi.
Ishtirokchilar xalqaro siyosatni muvofiqlashtirish va Global janubdagi davlatlar o‘rtasida birdamlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidlashdi.
Sharhlar