Xitoyda 14 qavatli savdo markazi yonib ketdi, 16 kishi halok bo‘ldi (video)
Xitoyning Szigun shahar okrugida joylashgan savdo markazida yong‘in yuz berdi, oqibatda, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 16 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “RBK”.
Shaharning yuqori texnologik zonasida joylashgan 14 qavatli binodagi yong‘in 17-iyul kuni mahalliy vaqt bilan 18:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00) atrofida boshlangan. Alanga birinchi qavatda chiqqan.
Taxminan to‘rt soatdan keyin qutqaruvchilar savdo markazidan alanga ichida qolgan 75 kishini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Binoda univermag, ofislar, restoranlar va kinoteatr joylashgan.
Ulashish:
Sharhlar