Eron yetakchisi Ali Xomanaiy Isroilga hujum qilishni buyurdi
Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya o‘ldirilishiga javoban, Isroilga zarba berishni buyurgan. Bu haqda The New York Times uch nafar eronlik mansabdorga tayanib xabar berdi.
Bunday buyruq 31-iyul kuni ertalab Milliy xavfsizlik oliy kengashi shoshilinch majlisida berilgan.
Eron rahbariyati Tel-Aviv va Xayfa yaqinidagi harbiy obyektlarga zarba berish uchun uchuvchisiz uchar qurilmalar va raketalardan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 31-iyul kuni ertalab Tehronda HAMAS harakati siyosiy ofisi rahbari Ismoil Xoniyaning qarorgohiga berilgan zarba oqibatida u va uning tansoqchilaridan biri halok bo‘lgan edi.
Ulashish:
Sharhlar