Qirg‘iziston prezidenti “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

жапаров
Фото: Кактус

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunni imzoladi va nohukumat tashkilotlarni ta’qib qilmaslikka va’da berdi.

“Siz 30 yildan buyon xorijiy donorlar bilan ishlab kelasiz, sizni esa qanchadir summalar olganingiz uchun hech kim ta’qib qilmagan. Buni endi boshlaymiz, deb o‘ylaysizmi? Men davlat rahbari sifatida kafolat beraman, hech qanaqa ta’qiblar bo‘lmaydi. Biz yadro mamlakati emasmiz. Hozircha koinotga uchmoqchi emasmiz. Davlatimizning sizdan va donorlaringizdan yashiradigan sirlari yo‘q. Bizda barcha ma’lumotlarni ochiq manbalardan topish mumkin”, — deb yozdi Japarov o‘z Facebook sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun mamlakat uchun faqat foyda keltiradi, chunki “hamma ochiqchasiga va teng sharoitlarda ishlashni boshlaydi”.

Endi Qirg‘izistonda chet eldan moliyalashtiriladigan va “siyosiy faoliyat” olib boradigan notijorat tashkilotlar “xorijiy vakillar” deb tan olinadi (Rossiyadagi “xorijiy agentlar” termini analogi).

Ular tegishli reyestrga kiritiladi. Ular uchun rejali (yiliga bir martadan ko‘p bo‘lmagan) va rejadan tashqari tekshirishlar o‘rnatiladi.

Shuningdek, qonun loyihasida “xorijiy agentlar” o‘z faoliyati to‘g‘risida, jumladan, xorijiy manbalardan olingan mablag‘lar va ulardan foydalanish auditi, boshqaruv, xodimlar soni va ularning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda batafsil hisobot taqdim etishlari shart. Bundan tashqari, har olti oyda bir marta ommaviy axborot vositalarida o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot e’lon qilishlari kerak.

Mahalliy va xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotlari ushbu qonun me’yorlari fuqarolik jamiyati tashkilotlari faoliyatini jiddiy ravishda cheklashini va oshkora repressiv xususiyatga ega ekanini ko‘p marotaba ta’kidlagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.