Trampga o‘q uzgan shaxs xorijiy davlatlarga aloqadorligi yuzasidan dalillar topilmadi
Donald Trampga o‘q uzgan Tomas Mettyu Kruks terrorchilik tashkilotlari yoki xorijiy davlatlar bilan aloqasiga ishora qiluvchi hech qanday ma’lumotlar topilmadi, deb xabar beradi The New York Times o‘z manbalariga tayanib. Uning hayotini o‘rganish davom etmoqda.
Jinoyat ichki terrorizm sifatdia o‘rganilmoqda. Qurol va topilgan portlovchi modda laboratoriyaga yuborilgan. Hukumat mergan sheriklari bilan birga harakat qilgani yuzasidan dalillar topgani yo‘q. Huquq-tartibot organlari uchun birinchi navbatdagi vazifa jinoyatchining maqsadini aniqlashtirish hisoblanadi. Shuningdek, ruhiy holati bilan bog‘liq muammolar bo‘lgani ham isbotlangani yo‘q.
Shu narsa ma’lumki, Kruks 2022-yilda maktabni bitirib, 2024-yil mayida muhandislik fanlari bo‘yicha mutaxassis darajasini olgan. Kamida bir yil davomida merganlar klubiga a’zo bo‘lib kelgan. Kruksning CBS’ga intervyu bergan tanishlari unda bezovtalik belgilarini ko‘rmaganini ma’lum qilgan.
Ba’zi sinfdoshlari eslashicha, Kruksni maktabda tashqi ko‘rinishi tufayli kamsitishgan. Ammo u yaxshi o‘qigan va o‘qituvchilarning sevimli o‘quvchisi bo‘lgan. U beozor bola sifatida taassurot qoldirgan. Shuningdek, ko‘pincha yolg‘iz yurgan va kamuflaj kiyimda yurgan.
AQSHning 45-prezidenti Donald Trampga 13-iyul kuni Pensilvaniya shtatidagi saylovoldi mitingida suiqasd uyushtirildi. O‘q uning qulog‘iga tekkan. Mitingning bir ishtirokchisi halok bo‘lib, ikki kishi og‘ir yaralangan. Hujum qilgan shaxsning o‘zi Maxfiy xizmat xodimlari tomonidan otib o‘ldirilgan.
Sharhlar