Isroil yoppasiga raketa hujumiga javoban, Eronning yadro va neft obyektlariga zarba berishi mumkin
Tehron tomonidan Isroil hududi yoppasiga o‘qqa tutilgach, Eron yadro va neft obyektlari Isroilning javob zarbalari nishoniga aylanishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Eron arab mamlakatlaridagi mansabdorlarga Isroilga qarshi aprel oyidagi zarbalarga teng keluvchi keng ko‘lamli hujumni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan, o‘shanda 36 ta qanotli raketa, 110 ta “yer-yer” sinfidagi raketa va 185 ta o‘zi uchar qurilma qo‘llanilgan edi. Shundan so‘ng darhol Isroil Tehronni Eron hujumi qanchalik kuchli bo‘lishi va qurbonlar bor-yo‘qligidan qat’i nazar javob qaytarilishi haqida ogohlantirgan.
Aprelda Tehron Tel-Aviv tomonidan katta ko‘lamli javob zarbasidan qochishga muvaffaq bo‘lgan edi. O‘shanda Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) aviabazaga hujum bilan cheklangandi. Endi esa, nashrning amerikalik mansabdorlar orasidagi manbalari aytishicha, ancha ekstremal ssenariy, shu jumladan, Isroil armiyasi tomonidan Eron yadro dasturi “yuragi” hisoblanuvchi, Netenz shahridagi uranni boyitish obyektlariga zarbalar ko‘rib chiqilmoqda.
Eron, o‘z navbatida, avvalroq Isroil yadro obyektlariga hujum qilsa, Tehron yadro quroli yaratishga majbur qolishi haqida ogohlantirgan edi.
Sharhlar