NATO yadro qurolini jangovar shay holatga keltirishni muhokama qilmoqda
NATO mamlakatlari yadro qurolini jangovar shaylik holatiga keltirish masalasi bo‘yicha maslahatlashuvlarni boshladi, deya ma’lum qildi alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg . Uning ta’kidlashicha, shaffoflik NATO “yadroviy alyans” ekani haqida “to‘g‘ridan-to‘g‘ri signal” yuborishga yordam beradi.
Stoltenberg aytishicha, blok “o‘z dushmanlariga bevosita signal yuborish uchun” butun dunyoga o‘z yadroviy arsenalini namoyish qilishi kerak. Shu bilan birga, u NATOning maqsadi — “yadroviy qurolsiz dunyo” yaratishdan iborat ekanini aytdi.
“Ammo yadro quroli mavjud bo‘lar ekan, biz yadroviy alyans bo‘lib qolamiz, chunki Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya yadro quroliga ega bo‘lib, NATOda bunday qurol bo‘lmaydigan dunyo xavfliroq dunyodir”, — degan fikrda alyans rahbari.
“Nechta yadroviy jangovar kallak ishchi holatida bo‘lishi kerakligi va ular qanday saqlanishi kerakligi haqida tafsilotlarga berilmayman, biroq biz bu masalalarda maslahatlashib olishimiz kerak. Bu esa aynan biz qilayotgan narsa”, — dedi Stoltenberg.
Sharhlar