Vyetnamda “Yagi” to‘foni oqibatida 140 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Foto: AP Photo

Vyetnamda “Yagi” to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar soni 143 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda AFP mahalliy hukumat ma’lumotlariga tayanib. Yana 58 kishi bedarak yo‘qolgan.

Vyetnam shimolidagi butun bir qishloqni kutilmaganda toshqin yuvib ketgach, qurbonlar soni keskin o‘sgan. Oqibatda kamida 16 kishi halok bo‘lgan, yana o‘nlab kishilar bedarak yo‘qolgan. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yomon ob-havo tufayli qariyb 210 ming gektar ekin nobud bo‘lgan. 700 dan ortiq odam jabr ko‘rgan.

“Yagi” superto‘foni Janubi-Sharqiy Osiyoga 1-sentabr kuni yopirildi. U, shuningdek, Filippin, Xitoy va Gonkongda ham odamlar o‘limiga olib keldi. Filippinda tabiiy ofatdan yetgan zarar 27,57 million dollarga baholanmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.