Rossiyada yagona davlat imtihoni (EGE) bekor qilinishi mumkin
Rossiya Davlat dumasining ma’rifat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Yana Lantratova ma’lum qilishicha, yagona davlat imtihoni (EGE)ni bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini deputatlar oktabrda ko‘rib chiqadi. Loyiha Davlat dumasiga iyunda kiritilgan bo‘lib, loyiha mualliflari LDPR, KPRF va SRZP fraksiyalaridan deputatlar bo‘lgan.
“Yagona davlat imtihonini davlat imtihonlari shaklida asosiy umumiy va o‘rta umumiy ta’lim dasturlari bo‘yicha davlat yakuniy attestatsiyasi bilan almashtirish Davlat dumasida oktabrda birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda”, — dedi Lantratova.
Loyiha izohida aytilishicha, yagona davlat imtihonini davlat imtihoni bilan almashtirish taklif etilmoqda. Davlat imtihoni aynan nimalardan iborat bo‘lishiga aniqlik kiritilmagan. Deputatlar da’vo qilishicha, 2009-yilda joriy etilgan imtihon topshirish tizimi kutilgan natijalarni olib kelmayapti.
Sharhlar