Isroil Yamanga zarba berdi, 3 kishi halok bo‘lib, 87 kishi jabrlandi
Isroil qurolli kuchlari 20-iyul kuni Yamanning xusiylar harakati tomonidan nazorat qilinuvchi Hudayda portidagi neft omboriga zarba berdi, deb xabar qiladi Al Masirah mahalliy telekanali.
Zarbalar Hudayda provinsiyasidagi elektr stansiyalariga va dizel omborlariga qaratilgan. Xusiylar harakatining sog‘liqni saqlash vazirligi bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 3 kishi halok bo‘lib, 87 kishi yaralangan.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Yamanga qarshi hujumni xusiylar tomonidan zarbalarga javob deb atadi. Uning ta’kidlashicha, mamlakat har qanday vositalar yordamida o‘zini himoya qiladi. Bu Isroil Yaman hududiga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berishi bilan bog‘liq ilk holatdir. Xusiylar hujumga javob qaytarishga va G‘azo sektorini qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilayotgan operatsiyalarni to‘xtatmaslikka va’da berdi.
Sharhlar