“Yandeks”: Rossiyada taksi haydovchilarining yetishmovchiligi ushbu xizmatga bo‘lgan narxlarning oshishiga olib kelishi mumkin

Все о такси в Ташкенте
Фото: вики

“Yandeks Go” kompaniyasining prognozlariga ko‘ra, 2024-yil oxirigacha Rossiyada 130 mingta taksi haydovchisi etishmovchiligi seziladi.

Kompaniyaning davlat organlari bilan ishlash bo‘yicha direktori Anton Petrakovning aytishicha, haydovchilar yetishmovchiligi migratsiya siyosatining keskinlashuvi va taksilarda ishlashga qo‘yilgan yangi talablar bilan bog‘liq, bu esa haydovchilarning boshqa sohalarga o‘tib ketishiga olib kelmoqda.

Natijada, kuz va qishning eng tig‘iz soatlarida taksi narxining o‘nlab foizlarga jiddiy oshishi kutilmoqda.

Iyul oyida Tomsk oblastida, undan oldin esa Kursk  oblastida mehnat muhojirlariga taksida ishlash taqiqlangan edi. Rossiya oblastlarining uchdan birida muhojirlar faoliyatiga turli cheklovlar joriy etilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.