“Hizbulloh” harakati Hasan Nasrulloning o‘limidan keyin o‘ziga yangi bosh kotib sayladi
“Hizbulloh” harakatining yangi bosh kotibi etib Hoshim Safiyeddin saylandi, deb xabar bermoqda “Al-Arabiya” telekanali o‘z manbalariga tayanib. Harakatning o‘zi yangi bosh kotib saylangani haqida ma’lum qilmagan.
Hoshim Safiyeddin — marhum Hasan Nasrulloning amakivachchasi. U “Hizbulloh” ijroiya kengashiga rahbarlik qiladi, shuningdek, guruhning harbiy opertasiyalarini boshqaruvchi Jihod kengashiga kiradi. Safiyeddin Isroil tomonidan qilingan hujumda omon qolgan. AQSH Davlat departamenti uni 2017-yilda terrorchi deb e’lon qilgan.
“Hizbulloh”ning avvalgi bosh kotibi Hasan Nasrullo 27-sentabr kuni Isroil hujumi oqibatida halok bo‘lgandi. U ushbu lavozimni 1992-yildan buyon egallab kelayotgan edi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Nasrulloning o‘ldirilishini Yaqin Sharqda kuchlar muvozanati o‘zgarishi va mamlakat shimolidagi aholi uylariga qaytishi uchun zarur shart deb atadi.
Sharhlar