Kim Chen In chegara qo‘shinlariga yangi raketalar uchun 250 ta qurilmalarni topshirdi
Pxenyanda chegara qo‘shinlariga KXDRda ishlab chiqarilgan yangi taktik ballistik raketalar uchun 250 ta pusk qurilmalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Kommersant”. Tadbirda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In, uning qizi va singlisi qatnashdi.
KXDR yetakchisi marosimdan avval Pusk qurilmalarini ko‘zdan kechirdi. Tadbirda u “harbiy xavfsizlik bo‘yicha vaziyat” o‘zgarganini ma’lum qildi. U “AQSH va yugurdaklarining harbiy nizo keltirib chiqarish niyati”ni qayd etdi. Kim Chen Inning fikricha, “mustaqillik, adolat va tinchlik o‘z-o‘zini himoya qilish bo‘yicha mutlaqo misli ko‘rilmagan qudrat orqaligina kafolatlanadi”.
Pusk qurilmalari va raketalarning taktik-texnik tavsiflari keltirilmadi.
Sharhlar