AQSH G7 sammitida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar haqida e’lon qiladi
AQSH shu hafta Italiyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar va eksport nazorati choralari haqida e’lon qilmoqchi. Bu haqda Oq uy vakili Jon Kirbi ma’lum qildi, deb yozadi DW.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Rossiyaga Ukrainada urush olib borishga yordam berayotgan tashkilotlar va tarmoqlarga qaratilgan bir qator yangi samarali sanksiyalar va eksport nazorati choralarini joriy qiladi. “Biz Rossiya harbiy mashinasi uchun xarajatlarni oshirishda davom etamiz”, — dedi Oq uy qoshidagi Milliy xavfsizlik kengashida strategik kommunikatsiyaalr bo‘yicha koordinator.
Shu bilan birga, Kirbining so‘zlariga ko‘ra, AQSH “katta yettilik” sammitida Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish bo‘yicha yordam ko‘rsatish choralarini e’lon qiladi. G7 yetakchilari Kiyevga ko‘mak berish uchun Rossiya Markaziy bankining 300 milliard yevro muzlatilgan aktivlari foizlaridan tushgan foydadan Kiyevga yordam berish uchun foydalanish haqida kelishib olishga umid qilmoqda. G‘oya foydadan 50 milliard dollargacha summadagi kredit uchun garov sifatida foydalanishdan iborat.
Sharhlar