Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyatida hujum taktikasini o‘zgartirdi — ISW

Фото: РИА Новости

Xarkov viloyati shimolidagi Rossiya hujum operatsiyalari sur’atlari so‘nggi bir necha kun ichida sekinlashdi, deb xabar beradi BBC Amerikaning Urushni tadqiq qilish instituti (ISW) hisobotiga tayanib.

Rossiya qo‘shinlari hujumkor faolligi xususiyati rossiyaliklarning birlamchi maqsadi Xarkov viloyatiga chuqur kirib borish emas, balki chegara hududida himoya zonasini yaratishdan iborat deb berilgan baholarga muvofiq keladi.

Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov 14-may, seshanba kuni ma’lum qilishicha, Xarkov viloyatidagi vaziyat barqarorlashishni boshlagan. Bu Ukrainaning qo‘shimcha bo‘linmalarijalb qilinib, ular tomonidan mudofaa harakatlari boshlangach yuz bergan.

Ikkala tomondan ham manbalarga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari yangi taktikani qo‘llamoqda. U besh kishidan ko‘p bo‘lmagan kichik hujumkor guruhlarni Ukraina marralariga kirib olish uchun qo‘llamoqda. So‘ng harbiylar boshqa kichik guruhlar bilan birlashib, yirik zarbdor guruhlarni tashkil qilmoqda.

Biroq kichik hujum guruhlarining qo‘llanilishi sezilarli talafotlarga va hujumning umumiy sur’atlari sekinlashishiga olib kelishi mumkin, deyiladi ISW hisobotida.

UQK Bosh shtabi boshlig‘i Anatoliy Bargilevich taxmin qilishicha, so‘nggi bir kecha-kunduzning o‘zida Rossiya qo‘shinlari bu yo‘nalishda 1740 nafargacha askarini yo‘qotgan bo‘lishi mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.