Turkiya Rossiyaga “Krokus”dan keyin yana bir terakt oldini olishda yordam bergan
Turkiya maxsus xizmatlari rossiyalik hamkasblarini Moskvada “Krokus Siti Xoll”ga hujumdan keyingi ikkinchi terakt tayyorlanayotgani haqida ogohlantirgan. Bu haqda Turkiyaning Hurriyet gazetasi xabar bermoqda. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, terrorchilar gavjum savdo markaziga hujum qilmoqchi bo‘lgan, ammo Turkiyaning aralashuvi sharofati bilan terkatning oldini olishga muvaffaq bo‘lishgan.
Nashr da’vo qilishicha, terakt ISHID terrorchilik tashkilotiga aloqador bo‘lgan “Viloyat Xuroson” guruhi jangarilari tomonidan tashkillashtirilgan. Turkiya maxsus xizmatlari uzoq vaqt mobaynida yanvar oyida Istanbuldagi Avliyo Mariya katolik cherkoviga qilingan hujumga aloqador bo‘lgan “Viloyat Xuroson” tashkilotining mahalliy tarmog‘i faoliyatini kuzatib borgan. Huquq-tartibot organlari surishtiruv doirasida bir necha kishini so‘roq qilgan va Rossiya tomoni bilan aloqa borligini aniqlagan.
Eslatib o‘tamiz, 22-mart kuni Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll” konsert zaliga bir guruh qurollangan kishilar bostirib kirib, otishma sodir etdi, so‘ng binoda yong‘in yuz berdi. Oqibatda 145 kishi halok bo‘lib, 500 dan ortiq odam jabrlandi.
Sharhlar