Yaponiya hukumati parlamentni tarqatib borish haqidagi rezolyutsiyani imzoladi
Yaponiya hukumati o‘zining navbatdan tashqari yig‘ilishida parlamentni tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deya xabar beradi “Kiodo” agentligi.
Hujjat vazirlar mahkamasining barcha a’zolari tomonidan imzolangan. Keyinroq parlamentda Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isiba va muxolifat partiyalar rahbarlari o‘rtasida munozara o‘tkazilishi kutilmoqda. Bahs talab qilingan 45 daqiqa o‘rniga 80 daqiqa davom etadi.
Shundan so‘ng, quyi palataning soat 15.30 da bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida parlament tarqatilishi haqida e’lon qilinadi: palata raisi Fukusiro Nukaga hukumat bosh kotibi Yosimasa Xayasi tomonidan unga topshirilgan tarqatish to‘g‘risidagi farmonni o‘qiydi.
Ulashish:
Sharhlar