Yaponiyada kuchli yomg’ir tufayli 30 mingga yaqin odam evakuatsiya qilinmoqda
Yaponiyaning g‘arbiy Xonsyu orolidagi Ishikava prefekturasida rekord darajadagi yog‘ingarchilik tufayli 30 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilinishi e’lon qilindi.
Yaponiya meteorologiya boshqarmasi kuchli yog‘ingarchilik sababli “maxsus xavf” haqida ogohlantirdi. Joriy yilning 1-yanvarida sodir bo‘lgan zilziladan jabr ko‘rgan Vajima va Suzu shaharlarida xavf darajasi mumkin bo‘lgan beshdan to‘rttasi bo‘lgan. Bu imkon qadar evakuatsiya qilish uchun kuchli tavsiyani anglatadi.
Vajimaga 257 ml yog’ingarchilik tushgani ma’lum bo’ldi, bu 1975-yildan beri eng yuqori ko’rsatkichdir. Yomg‘ir ko‘cha va yo‘llarni suv bosdi, 4,8 mingga yaqin uy elektr energiyasiz qoldi. Shuningdek, kamida bir kishi bedarak yo‘qolgan. Yong’in brigadasi va politsiya yordam so’rab ko’plab murojaatlarni qayd etmoqda.
Jami 29 750 kishi evakuatsiya qilinishi kutilmoqda. Vaziyat keskinligicha qolmoqda va rasmiylar aholini ob-havo haqidagi ogohlantirishlarni kuzatishga va xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirmoqda.
Sharhlar