Yaponiyadagi elchixonaga Union Pay kartalari boʻyicha soʻrovlar kelib tushmagan

Foto: ochiq manba

Rossiyaning Yaponiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limiga “Gazprombank Union Pay” kartalari faoliyati to‘xtatilishi munosabati bilan hech qanday so‘rov kelib tushmadi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Gazprombank Union Pay kartasi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar yoki elektron pochta xabarlari bo‘lmadi”, degan elchixona vakili. Gazprombank Union Pay kartalari shu hafta oxirida Yaponiyada ishlamay qoldi.

Qo‘shma Shtatlar payshanba kuni Gazprombank va uning olti xorijiy sho‘basiga qarshi sanksiyalar kiritdi. AQSH G‘aznachiligining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilganidan so‘ng, Gazprombank mijozlarni chet elda Union Pay kartalari bilan bog‘liq muammolar haqida ogohlantirdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.