Urushning 2,5 yili davomida Rossiya va Ukrainaning 1 mln nafar harbiy xizmatchilari halok bo‘lgan va yaralangan
Amerikaning The Wall Street Journal gazetasi hisob-kitoblariga ko‘ra, ikki yarim yil avval boshlangan to‘liq ko‘lamli urushda ishtirok etib halok bo‘lgan yoki yaralangan ukrainaliklar va rossiyaliklar soni taxminan 1 milliontaga yetgan.
Nashr Ukrainadagi manbalariga va G‘arb razvedkasi ma’lumotlariga tayanib yozishicha, harbiy harakatlar chog‘ida 80 ming ukrainalik va 200 ming rossiyalik harbiy xizmatchilar halok bo‘lgan. Yaralangan harbiy xizmatchilar soni esa Ukrainada ham, Rossiyada ham qariyb bir xil bo‘lib, har ikkala tomonda 400 ming kishini tashkil etadi.
Nashr qayd etishicha, ikkala tomondan halok bo‘lganlar va yaralanganlar sonini aniqlash juda qiyin, chunki Rossiya ham, Ukraina ham o‘z talafotlari bo‘yicha rasmiy hisob-kitoblarni e’lon qilishdan bosh tortmoqda, shuningdek, ishonchsizlikni uyg‘otuvchi ma’lumotlarni keltirmoqda.
Sharhlar