Qirg‘izistonda yashin urishi oqibatida 60 ta qo‘y nobud bo‘ldi (video)
Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati To‘n tumanida joylashgan Kichi-Angi yaylovida 60 ta qo‘y yashin urishi oqibatida nobud bo‘ldi, deb yozadi 24.kg.
Hodisa 15-avgust kuni Konur-Olon qishlog‘i yaqinidagi yaylovda yuz bergan. Kuchli yomg‘ir yog‘ib, yashin chaqnagan, ulardan biri qo‘ylar podasiga urib, 60 bosh qoramolni yo‘q qilgan. Cho‘pon jabrlanmagan.
Hodisa joyiga texnika yetib borolmasligi sababli, u yerga veterinariya xizmati xodimlari yuborilgan, ular mahalliy aholi bilan birgalikda jonivorlar jasadlarini olib ketmoqda.
Mahalliy hukumat va veterinariya xizmatiga maxsus komissiya tashkil qilib, voqea joyiga borish va jonivorlarni dafn qilish topshirilgan.
Ulashish:
Sharhlar