Yashin, Kara-Murza va Pivovarov matbuot anjumanini o‘tkazadi
Ilya Yashin o‘zining Telegram-kanalida rossiyalik siyosiy mahbuslar almashinuviga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazilishini e’lon qildi. Anjuman Bonnda mahalliy vaqt bilan soat 18:30 da bo‘lib o‘tadi.
Siyosatchi, shuningdek, Andrey Pivovarov va Vladimir Kara-Murza bilan birgalikda suratga tushgan. Bu ularning 1-avgustdagi almashinuvdan keyingi birinchi marta omma oldida chiqishi.
Shu kunlarda Rossiya va G‘arb postsovet tarixidagi eng yirik mahbuslar almashinuvini amalga oshirdi: Rossiya tomonidan 16 kishi G‘arb tomondan 8 kishiga almashtirildi. Kelishuv uzoq vaqt davomida tayyorlangan: Vladimir Putin o‘jarlik bilan G‘arbdan 2019-yilda Germaniyada chechen qo‘mondoni Zelimxon Xangoshvilini o‘ldirishda ayblangan Vadim Krasikovni qaytarishni so‘ragan. Qolgan hammasi ushbu muzokaralar atrofida qurilgan va nihoyat o‘z mevasini bergan katta savdoning bir qismiga aylangan. Ko‘pchilik ushbu kelishuvlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida Ukrainada tinchlik muzokaralari yaqinlashayotganini ko‘rmoqda, ammo buning uchun asoslar kam.
Sharhlar