Moskva viloyatida bir erkakni yashin urib o‘ldirdi (video)
Moskva viloyatining Balashixa shahrida bir erkakni yashin urdi, u halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS” Rossiya Tergov qo‘mitasiga tayanib.
Holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Entuziasti shossesida joylashgan uylardan birining yonida o‘tkinchilar erkak kishining kuygan va elektr izlari bo‘lgan jasadini ko‘rib qolgan.
Ayni paytda voqea joyi ko‘zdan kechirilmoqda, tergovchilar ish olib bormoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hodisa aks etgan videolar tarqaldi, unda soyabon tutib yurib ketayotgan erkakni yashin kelib urgani va u alanga ichida qolib, yerga yiqilganini ko‘rish mumkin.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi kunlarda Moskvada issiq haroratlar ortidan nam havo oqimlari bilan bog‘liq keskinlik ortgan. Bunda chaqmoq—momaqaldiroq hodisalari ham ko‘p kuzatilmoqda.
Sharhlar