YeI Maduroni Venesuelaning demokratik yo‘l bilan saylangan prezidenti sifatida tan olishdan bosh tortdi
Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirligi rahbarlari Bryusseldagi norasmiy yig‘ilishda Nikolas Maduroni Venesuelaning demokratik yo‘l bilan saylangan prezidenti sifatida tan olmaslikka qaror qilishdi, dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari Xosep Borrel.
“Biz Maduroning saylangan prezident sifatida qonuniyligini qabul qila olmaymiz, degan qarorga keldik, uning demokratik qonuniyligi yo‘qligiga kelishib oldik. U, albatta, mamlakatning amaldagi prezidenti bo‘lib qoladi”, — dedi Borrel YeIga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha.
Venesuelada saylovlar 28 iyul kuni bo‘lib o‘tdi, Maduro 51 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Uning asosiy raqibi, Birlashgan muxolifat nomzodi Edmundo Gonsales 43% ovoz oldi. Saylov natijalariga rozi bo‘lmagan muxolifat ovozlarni muqobil sanash tashkil qildi, unga ko‘ra Gonsales g‘alaba qozondi. O’z navbatida, Oliy sud muxolifat ovozlarini sanab chiqish natijalarini uydirma deb e’lon qildi.
Sharhlar