Yel universiteti: Rossiya 300 dan ortiq ukrainalik bolalarni bosib olingan hududdan majburan olib chiqdi va asrab oldi
Yel universitetining gumanitar fanlar tadqiqot laboratoriyasi tadqiqotchilari Rossiya rasmiylari muntazam ravishda ukrainalik bolalarni noqonuniy eksport qilish va majburan asrab olish bilan shug‘ullanayotganini aniqladi. Hisobotda ta’kidlanganidek, ushbu harakatlar, bolalarni “ruslashtirish” davlat dasturining bir qismiga aylandi. Bu Vladimir Putin va bolalar ombudsmanı Mariya Lvova-Belova tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda,deyiladi.
Hisobotda aytilishicha, Rossiyaning Ukrainaga keng koʻlamli bostirib kirishi boshlanganidan buyon bosib olingan hududlardan olib ketilgan 314 nafar ukrainalik bolaning shaxsi aniqlangan. Ulardan kamida 208 nafari Rossiya fuqarolari tomonidan farzandlikka yoki vasiylikka berilgan, 67 nafari esa allaqachon Rossiya fuqaroligini olgan.
Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, fuqarolikka qabul qilingan bolalarning haqiqiy soni sezilarli darajada yuqori bo’lishi mumkin.
2023-yil martida Xalqaro jinoiy sud Putin va Lvova-Belovalarni ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishda ayblab, hibsga olishga order bergan edi.
Sharhlar