Efiopiyada yer ko‘chishi oqibatida 55 kishi halok bo‘ldi
Efiopiya janubida yuz bergan yer ko‘chishi oqibatida kamida 55 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Hodisa mamlakat janubidagi Geze-Gofa tumanida yuz bergan. Avvalroq hudud rahbari Misikir Mitiku qutqaruvchilar yer ostidan 20 dan ortiq jasadni chiqarib olganini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar soni oshishi mumkin, chunki ayni paytda yer ko‘chgan hududda qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Efiopiyada hozir yomg‘irlar mavsumi ayni avjida. U iyulda boshlangan bo‘lib, sentabr o‘rtalarigacha davom etishi kutilmoqda. Muntazam yomg‘irlar oqibatida ayrim Sharqiy Afrika mamlakatlarida vaqti-vaqti bilan yer ko‘chishi kuzatiladi.
Ulashish:
Sharhlar