Yevrokomissiya Vengriyani sudga bermoqda

Фото: РИА

Yevropa Komissiyasi Vengriyada qabul qilingan “Milliy suverenitetni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun munosabati bilan Lyuksemburgdagi Yevropa sudiga da’vo arizasini berishga qaror qildi.

Bryusselga ko‘ra, bu qonun Yevropa Ittifoqi me’yorlariga zid. Yevropa komissiyasi Vengriyani so‘z erkinligi va boshqa asosiy huquqlarni cheklashda ayblamoqda Departament bayonotiga ko‘ra, YeK tezlashtirilgan sud jarayonini talab qilgan.

Viktor Orbanning FIDЕS partiyasi tashabbusi bilan qabul qilingan Vengriya qonuni saylov kampaniyalari uchun xorijdan mablag‘ olgan partiyalarni qattiq jazolashni nazarda tutadi. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu chora-tadbirlar Vengriyadagi siyosiy ishlarga “xorijiy ta’sir”ning oldini olishga qaratilgan. Tanqidchilarning ogohlantirishicha, qonun Rossiyaning “xorijiy agentlar” qonuniga o‘xshab so‘z erkinligini cheklaydi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.