Yevropa Ittifoqi anneksiya qilingan Qrimdagi “saylovlarni” noqonuniy deb atadi
“Yevropa Ittifoqi Qrimdagi “saylovlar”ni va ularning natijalarini tan olmaydi, ular hech qanday qonuniy kuchga ega emas va hech qanday huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin emas”, – dedi Yevropa Ittifoqi tashqi siyosiy xizmatining rasmiy vakili Piter Stano.
Bryussel bu saylovlarni Rossiya tomonidan xalqaro huquq va Ukraina hududiy yaxlitligining navbatdagi buzilishi sifatida baholadi. “Rossiya rahbariyati va ushbu noqonuniy xatti-harakatlarni uyushtirganlar javobgarlikka tortiladi va jazolanadi”, — deyiladi bayonotda.
Avvalroq Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Qrimdagi saylovlarni qoralab, ovoz berish “o‘yinga” aylangani va saylovchilarning haqiqiy irodasini aks ettirmaganini ta’kidlagan edi. Ukraina tomoni “saylovlar”ni haqiqiy emas deb hisoblamoqda.
Sharhlar