Yevropa Ittifoqi Apple kompaniyasidan Irlandiyaga 13 mlrd yevro miqdoridagi to‘lanmagan soliqlarni qaytarishni talab qilmoqda
Yevrokomissiya Amerikaning Apple kompaniyasidan Dublin tomonidan noqonuniy soliq imtiyozlari taqdim etilgani sababli Irlandiyaga 13 milliard yevro to‘lanmagan soliqlarni qaytarishni talab qildi.
Yevropa komissiyasi Apple kompaniyasiga Irlandiya tomonidan berilgan soliq imtiyozlarini noqonuniy deb e’lon qildi. Komissiyaning ta’kidlashicha, Dublin Apple kompaniyasiga nisbatan “tanlama munosabatni” namoyish etib, kompaniyaga 2003 yilda 1 foiz va 2014 yilda 0,005 foiz miqdorida Yevropaga foyda solig‘ini to‘lashga ruxsat bergan. Natijada Apple 13 milliard yevro miqdoridagi noqonuniy soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan va bu unga boshqa kompaniyalarga nisbatan sezilarli ustunlik bergan.
Yevropa Komissiyasining aniqlik kiritishicha, Apple kompaniyasining Qo‘shma Shtatlardan tashqarida sotuvlar bilan shug‘ullanuvchi ikki sho‘ba korxonasi – Apple Sales International va Apple Operations Europe – daromadlari “bosh ofis”ga tegishli bo‘lgan va Irlandiya soliq qonunchiligi asosida hech bir davlatda soliq to‘lamagan.
Raqobat bo‘yicha Yevropa komissari Margret Vestagerning aytishicha, YeI a’zolari, agar ular boshqalar uchun ham imkonli bo‘lmasa, alohida kompaniyalarga soliq imtiyozlari berishga haqli emas. U Yevropa Ittifoqining qarorini Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha mamlakatlarga YeI soliq qonunchiligini buzish va qabul qilib bo‘lmaydigan aniq signal deb atadi.
Irlandiya moliya vaziri Maykl Nunan Yevropa Ittifoqi qaroriga keskin noroziligini bildirdi. U Bryussel qarori ustidan shikoyat qilish uchun Irlandiya hukumatidan rozilik so‘rash niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Sharhlar