Yevropa Ittifoqi Belarusga qarshi sanksiyalarni kuchaytirdi
Yevropa Ittifoqi Kengashi Rossiyaning Ukrainaga qarshi noqonuniy, asossiz tajovuzida Lukashenko rejimining ishtiroki uchun Belarusga qarshi yangi sanksiyalar paketini qabul qildi, deya xabar beradi YI kengashi sayti.
Yangi cheklovlar Rossiyaga qarshi joriy qilingan chora-tadbirlarning ko‘zgusi bo‘lib, “Rossiya va Belarus iqtisodiyotlarining yuqori darajadagi integratsiyasini” hisobga olgan holda Moskvaning Yevropa sanksiyalarini chetlab o‘tishi muammosini hal qilish uchun kiritilmoqda.
Bugun kelishilgan chora-tadbirlar Belarus iqtisodiyotining turli sohalariga ta’sir qiladi. Xususan, YI Kengashi ikki tomonlama maqsadli tovarlar va texnologiyalarni eksport qilishni taqiqlashni uzaytirdi, shuningdek, Belarus sanoat salohiyatini mustahkamlashga yordam beradigan tovarlar eksportiga qo‘shimcha cheklovlar kiritdi. Belorussiyaga dengiz tashish va hashamatli tovarlar uchun tovarlar va texnologiyalarni eksport qilishga ham qo‘shimcha cheklovlar kiritilmoqda.
“Importga kelsak, Belarusdan oltin va olmosning to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita importini (…) taqiqlashga qaror qilindi. Qaror geliy, ko‘mir va minerallar, jumladan, xom neftga ham taalluqlidir”, — deyiladi Yevropa Ittifoqi kengashi bayonotida.
Sharhlar