Yevropa Ittifoqi oy oxirigacha Ukrainaga 1,9 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam beradi
Iyun oyida Yevropa Ittifoqi Ukrainaga “Ukraina Facility” dasturi doirasida 1,9 milliard yevro moliyaviy yordam ajratadi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon de Leyen Berlindagi Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiyada ma’lum qildi, deb yozadi “Yevropeyskaya Pravda”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘ oy oxirigacha ajratiladi.
“Bugun men shu oyning oxirigacha Ukrainaga Ukrainani moliyalashtirish fondimizdan qo‘shimcha 1,9 milliard yevro taqdim etishimizni e’lon qilishim mumkin. Bu Ukraina ma’qullagan keng qamrovli islohot va investitsiya strategiyasi bilan bog’liq. U “Ukraina rejasi” deb ataladi. “Ukraina rejasi, masalan, adliya sohasini isloh qilish va korruptsiyaga qarshi islohotlarni o’z ichiga oladi”, – degan fon der Leyen.
“Ukraina rejasi” Ukrainani biznes va investorlar uchun jozibador qilishga asos bo’lib, Ukrainani Yevropa Ittifoqiga yaqinlashtiradi, deya qo’shimcha qilgani u.
Sharhlar