Yevropa Ittifoqi RFga qo‘shni davlatlar chegaralarini himoya qilish bo‘yicha favqulodda choralarni muhokama qilmoqda
Yevropa Ittifoqi Rossiya va Belarus bilan chegaradosh davlatlar chegaralarini himoya qilish bo‘yicha favqulodda choralarni muhokama qilmoqda, dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Leyen. Uning so’zlariga ko’ra , bu Polsha, Boltiqbo’yi mamlakatlari va Finlyandiyaga tegishli.
“Rossiya va Belarus bilan chegaradosh davlatlar oʻz chegaralarida bosimni boshdan kechirmoqda. Biz ularni himoya qilish uchun vaqtincha ko’rishi mumkin bo’lgan choralarni muhokama qilmoqdamiz “, dedi fon der Leyen.
Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash 17 oktabrda boshlangan YeI yetakchilari sammitida asosiy mavzulardan biriga aylandi.
Ulashish:
Sharhlar