Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdorida kredit berishga tayyor

Фото: ost west

Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner Nyu-Yorkka tashrifi chog‘ida YeI Ukrainaga ko‘mak doirasida bu miqdorni ajratish bo‘yicha yakuniy qarorga yaqin ekanini aytdi. U, shuningdek, AQShga 18,5 milliard yevrolik hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Avvalroq, iyun oyida G7 davlatlari garov sifatida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalangan holda Ukrainaga 2024-yil oxirigacha 46 milliard yevro miqdorida kredit berishga tayyorligini tasdiqlagan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.