Yevropa parlamenti Viktor Orban Moskvaga borib kelganidan keyin uning “go‘yoki tinchlikparvarlik harakatlar”ini qoraladi

Венгрия премьер-министр Орбан ЕС угроза
Источник: u-f.ru

Yevropa parlamenti saylovlardan keyingi birinchi rezolyutsiyasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning Moskvaga tashrifini qoraladi. Tegishli rezolyutsiya uchun 495 deputat ovoz berdi, 137 nafari qarshi chiqdi, 47 nafari esa betaraf qoldi, deyiladi Yevroparlament saytida.

Yevroparlament deputatlari Orbanning Rossiyaga tashrifi “shartnomalar va Yevropa Ittifoqining umumiy tashqi siyosatini qo‘pol ravishda buzadi”, dedi. Rezolyutsiya matnida Vengriya bu harakatlari uchun jazolanishi kerakligi qayd etilgan.

“Vengriya Bosh vazirining “tinchlikparvarlik missiyasi” deb atalmish missiyasi, bolalar kasalxonasiga (8-iyul kuni Kiyevdagi “Oxmatdet”) uyushtirilgan hujum inobatga olinadigan bo‘lsa, rezolyutsiyada bu Orbanning go‘yoki tinchlik missiyasining “noo‘rinligini” ko‘rsatishi ham qayd etilgan», – deya qayd etadi Yevroparlament matbuot xizmati.

Rezolyutsiya mualliflari, shuningdek, “Yevropa Ittifoqi tomonidan muzlatilgan Rossiya davlat aktivlarini musodara qilish uchun ishonchli huquqiy rejim” yaratishga chaqirdi. Bundan tashqari, Yevroparlament deputatlari Yevropa Ittifoqi Ukraina urushda g‘alaba qozonmagunicha, uni qo‘llab-quvvatlashda davom etishi kerakligini aytdi.

Yevroparlamentning yangi tarkibi 6-9 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan saylovlardan bir oy o‘tib, 16 iyul kuni ish boshladi.

Qayd etamiz, Vengriya bosh vaziri o‘zini “tinchlikparvarlik missiyasi” deb e’lon qilgan holda iyul oyi boshida Zelenskiy, Putin, Si Szinpin va Tramp bilan ketma-ket uchrashib, shuningdek, Vashingtondagi NATO sammitida ishtirok etgandi.

Yevropa Ittifoqi rasmiylari Orbanni Putin bilan Kremlda uchrashgani uchun tanqid qilgan va Politico ma’lumotlariga ko‘ra, agar Orban o‘z siyosatini davom ettirsa, “amaliy oqibatlarga olib kelishi” bilan tahdid qilgan. Shu tariqa Yevropa Ittifoqi vakillari Vengriyadagi tashqi ishlar sammitini boykot qilishga qaror qilishdi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.