YI ukrainaliklar uchun vaqtinchalik himoyani 2026 yilgacha uzaytirdi
25-iyun, seshanba kuni YI Kengashi rasmiy saytida chop etilgan press-relizga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Kengashi Ukrainadan kelgan qochqinlarni vaqtinchalik himoya qilish muddatini 2026-yil martigacha uzaytirgan.
“Rossiya kundan-kunga Ukraina xalqini portlashlar bilan vahimaga solmoqda. Bu xavfli holatlardir. Rossiya agressiyasidan qochganlar bizning birdamligimizga ishonishda davom etishi mumkin”, – deydi Yevropa Ittifoqi kengashi raisligidagi Belgiya boshpana va migratsiya masalalari bo‘yicha Davlat kotibi Nikol de Mur.
Yevrokomissiya 11-iyun kuni ukrainaliklarning Yevropa Ittifoqida vaqtinchalik himoyasini uzaytirish tashabbusi bilan chiqdi va bu qadamni “mavjud vaziyatga zarur va munosib javob” deb atadi. Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Yevropa Ittifoqida urushdan qochgan 4,2 million ukrainalik bor.
Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun vaqtinchalik Yevropa Ittifoqi himoyasi
Ukrainadan kelgan qochqinlarni vaqtinchalik himoya qilish to‘g‘risidagi direktiva Rossiyaning mamlakatga bostirib kirishidan bir necha kun o‘tib YeIda kuchga kirdi. Uning maqsadi Yevropa Ittifoqi davlatlariga qochqinlarning ommaviy oqimi paytida milliy boshpana tizimlarining ortiqcha yuklanishining oldini olishdir.
Darhaqiqat, urushdan qochgan odamlar yashash uchun ruxsatnomalarni tez va byurokratik tartib-qoidalarsiz oladi. Rezidentlikni olgandan so‘ng, ular tibbiy va ijtimoiy yordam, ta’lim va mehnat bozoriga bepul kirish uchun Yevropa Ittifoqi bo‘ylab murojaat qilishlari mumkin.
Sharhlar