Yil oxirigacha О‘sh markazida mitinglar o‘tkazish taqiqlandi
О‘shda shahar markazida miting o‘tkazish taqiqlandi. Bu haqda huquq himoyachisi Gulgaqi Mamasalieva ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
О‘sh shahar sudi Kaktus.media tahririyatiga sud qarori bilan 27-iyundan 31-dekabrga qadar shahar hokimiyati binosi yaqinida va shahar markaziy maydonida mitinglar va turli ommaviy aktsiyalar o‘tkazish taqiqlanganini tasdiqladi.
Ommaviy yig‘ilishlarni faqat Otaturk nomidagi bog‘da o‘tkazish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, xuddi shunday cheklov Bishkekda ham amal qilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar