“Yo‘q bo‘lishsin”: Eronning oliy rahnamosi Yaqin Sharq ishlariga G‘arbning aralashuvi haqida
Eronning oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xumanaiy Livanning “Hizbulloh” guruhi yetakchisi Hasan Nasrullohning o‘limiga va mintaqadagi umumiy vaziyatga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi hozirgi keskinliklar ortida mintaqaga tinchlik va osoyishtalik o‘rnatishga qodirligi haqida yolg‘on da’volar qilayotgan “AQSh va ayrim Yevropa davlatlari” turibdi.
Xumanaiyning ta’kidlashicha, mintaqa xalqlari tinch-totuv yashashi uchun G‘arb davlatlari Yaqin Sharqdan “yo‘q bo‘lishi kerak”.
Uning qo‘shimcha qilishicha, u Nasrullohning o‘limidan qayg‘uda, biroq Eron rahbarlari bilan uchrashuvni qoldirmaslikka qaror qilgan, chunki Eron uchun motam “tiklovchi va harakatlantiruvchi kuch”ga aylanishi kerak.
Reuters xabariga ko‘ra, seshanba kuni kechqurun Eronning Isroilga raketa hujumi mamlakatdagi barcha muhim qarorlarni qabul qiluvchi Xumanaiy buyrug‘i bilan amalga oshirilgan.
Sharhlar