AQSH Ukrainaga 225 mln dollarlik yordam paketini ajratdi
AQSH prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng 225 million dollarlik qo‘shimcha yordam paketi haqida e’lon qildi, deb yozadi “Kommersant”. Paketga Patriot zenit-raketa majmuasi batareyasi, Himars baravar o‘t ochish tizimi uchun o‘q-dorilar hamda Stinger zenit raketalari kiradi.
AQSH Mudofaa vazirligi saytidagi press-relizga ko‘ra, bu 2021-yil avgustidan buyon hisob bo‘yicha 61-yordam paketi hisoblanadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Bitta Patriot batareyasi;
- NASAMS zenit-raketa majmuasi uchun o‘q-dorilar;
- Stinger zenit raketalari;
- Himars uchun o‘q-dorilar;
- 155 va 105 millimetr kalibrdagi artilleriya o‘qlari;
- Javelin va AT-4 tankka qarshi tizimlari va boshqalar.
Ukrainada 2022-yil fevralida jangovar harakatlar boshlanganidan buyon AQSH Ukrainaga jami 53,7 milliard dollarlik yordam ajratgan. 10-iyul kuni NATO sammiti doirasida Bayden ittifoqdoshlar 2025-yil davomida Ukrainaga 40 milliard yevro yordam ajratish majburiyatini zimmasiga olganini e’lon qildi.
Sharhlar